2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtiriladigan oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar hamda chodirli lagerlar tashkil etish va ularni taʼmirlash loyihalarini moliyalashtirish uchun viloyatga 40 milliard so‘m ajratilgan.

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, oilaviy mehmon uylari uchun 50 mln so‘mgacha, xostellar uchun 1 mlrd so‘mgacha, o‘tov lagerlari majmuasi uchun 300 mln so‘mgacha, avtokempinglar uchun 3 mlrd. so‘mgacha, konteyner shaharchalar uchun 600 mln so‘mgacha, chodirli lagerlar uchun 60 mln so‘mgacha tashkil etish va taʼmirlash loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tijorat banklari tomonidan bu loyihalarni amalga oshirish uchun 5 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar beriladi.

Bundan tashqari, davlat rahbarining yana bir qaroriga asosan, turizmni rivojlantirish loyihalariga yillik 14 foiz stavkada 5 yilgacha muddatda kreditlar ajratilib, unda kredit miqdori tadbirkorlik subyektining faoliyatiga bog‘liq holda, eng ko‘p miqdori 5 milliard so‘mgacha beriladi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Turizm sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tashabbuskorlar viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasiga murojaat qilishlari mumkin. Barcha hujjatli ishlar va savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Aloqa raqamlari: +99875 221 39 31

Foto galereya