Xabaringiz bor, joriy yil Navro‘z umumxalq bayrami “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” bosh g‘oyasi asosida umumxalq sayllari shaklida o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan vohamiz hududlarida tashkillashtiriladigan xalq sayllarining o‘tkazish kuni, joyi va boshlanish vaqtlari maʼlum bo‘ldi. Xususan:

Yakkabog‘ tumanida – 16-mart, soat 11:00 da
1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohi

G‘uzor tumani - 17-mart, soat 11:00 da
Qorakamar qishlog‘i adirligi

Ko‘kdala tumani - 17-mart, soat 11:00 da
Naymansaroy MFYda joylashgan saylgoh

Qamashi tumani - 17-mart, soat 11:00 da
Mang‘it MFY ochiq maydon

Shaxrisabz tumani - 17-mart, soat 11:00 da
“Ziyo chashmalari” oromgohi

Shaxrisabz shahar - 17-mart, soat 11:00 da
“Beruniy” oromgohi

Dehqonobod tumani - 17-mart, soat 11:00 da
“Yoshlik” istirohat bog‘i

Kasbi tumani - 17-mart, soat 11:00 da
“Mo‘g‘lon” istirohat bog‘i

Mirishkor tumani - 18-mart, soat 11:00 da
Achin ko‘l yonidagi kenglik

Qarshi tumani - 18-mart, soat 11:00 da
Kerayit MFY adirligi

Muborak tumani - 18-mart, soat 11:00 da
“B.Vafoyev” o‘yingohi

Nishon tumani - 18-mart, soat 17:00 da
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohi

Chiroqchi tumani - 18-mart, soat 11:00 da
Hayitko‘l MFY adirligi

Koson tumani - 18-mart, soat 11:00 da
“Yoshlar xiyoboni” istirohat bog‘i

Kitob tumani - 20-mart, soat 11:00 da
Qaynar MFY adirligi

Viloyatning asosiy bayram sayli – 19-mart, soat 09:00 da
Qarshi shahri bilan birga “Amfiteatr” majmuasida

Foto galereya