1. Qashqadaryo viloyati hokimligi Faxriy yorlig‘i bilan viloyat xalqi farovonligini oshirishga qо‘shgan munosib hissasi, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi samarali mehnati uchun taqdirlanadi.

"Faxriy yorliq" bilan О‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bо‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

"Faxriy yorliq" bilan fuqarolar bilan bir qatorda ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bо‘linmalar ham taqdirlanishi mumkin.

2. "Fahriy yorliq" bilan taqdirlash tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va harbiy bо‘linmalarning rahbari yoki о‘rinbosarlarining tavsiyalari asosida amalga oshiriladi.

3. "Faxriy yorliq" bilan taqdirlangan shaxsga belgilangan namunadagi tegishli hujjat topshiriladi.

4. "Faxriy yorliq" bilan taqdirlangan shaxslarga rag‘batlantiruvchi pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari ham berilishi mumkin.

5. "Faxriy yorliq"ni tayyorlash xarajatlari mahalliy byudjet daromadlarining xarajatlardan orttirilgan qismidan hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

6. "Faxriy yorliq" bilan vafotidan keyin taqdirlangan taqdirda, viloyat hokimligining Faxriy yorlig‘i va hokimlik tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan rag‘batlantiruvchi pul mukofoti yoki esdalik sovg‘asi taqdirlanganlarning oilasiga topshiriladi.

7. Qashqadaryo viloyati hokimligining Faxriy yorlig‘i ilovadagi shaklda yuritiladigan alohida daftarda qayd etib boriladi.

8. Qashqadaryo viloyati hokimligining Faxriy yorlig‘i xisobi viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi tomonidan yuritiladi.

9. Ushbu Nizomga Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori bilan о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritilishi mumkin.

        

Qashqadaryo viloyati hokimligining Faxriy yorlig‘i

TAVSIFI

 Qashqadaryo viloyati hokimligining Faxriy yorlig‘i belgilangan namunadagi Faxriy yorliqning jildga solingan blankasidan iborat.

Jild yashil rangli materialdan tayyorlangan, qattiq hajmdor muqovali. Jildning qalinligi 6 millimetrli, bichimi 220,0 x 350 millimetr.

Jildning yuqoridan pastga qarab 45 millimetr masofada, markazda, diametri 55 millimetrli О‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashgan.

Jild ichining  о‘ng tomonida yashil materialdan 10 milimetrli lenta tortilgan.

Qashqadaryo viloyati hokimligining Faxriy yorlig‘i blankasi 250 g/kv. m. qalinlikdagi jilosiz silliq qog‘ozdan tayyorlanadi. Blanka bichimi 280 x 420 millimetr, bukilganda esa 280 x 210 millimetr. Fon jozibador ochsarg‘ish.

Qо‘sh sahifaning ich tarafi chekkasi och sariq rangda bezak elementlari bilan bezatilgan.

Qо‘sh sahifaning ichki chap tarafida, markazda, yuqoridan pastga qarab 22 millimetr masofada diametri 100 millimetrli, rangli, О‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bir xilda hilpirab turgan tarzda aks ettirilgan.

О‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan 45 millimetr masofada, ikki satrda «Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik! Shavkat Mirziyoev» («Arial», 24 shrift) sо‘zlari yozilgan.

Qо‘sh sahifaning ichki о‘ng tarafida, markazda, yuqoridan pastga 22 millimetr masofada diametri 50 millimetrli, rangli, О‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi aks ettirilgan.

О‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbidan 10 millimetr masofada, uch satrda «Qashqadaryo viloyati hokimligi» («Arial», 24 shrift) sо‘zlari yozilgan.

Viloyat xalqi  farovonligini oshirishga qo'shgan munosib hissasi, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirishdagi samarali mehnati uchun» («Arial», 20 shrift) sо‘zlari yozilgan.

Matnning pastki satridan 20 millimetr masofada, mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 18 millimetrli ikkita chiziq tortilgan.

Chiziqdan 35 millimetr masofada ikki satrda, birinchi satrda «FAXRIY YORLIQ» (bosh harflarda, «Arial», 50 shrift), ikkinchi satrda «bilan taqdirlanadi» (kichik harflarda, «Arial», 20 shrift) sо‘zlari yozilgan.

Sahifaning pastki chekkasidan 45 millimetr masofada, chap tomonda «Viloyat hokimi» («Arial», 20 shrift) matni bir satrda joylashgan, о‘ng tomonda, simmetrik tarzda viloyat hokimining ismi birinchi harfi va familiyasi joylashgan (katta harflarda, «Arial», 20 shrift).

Sahifaning pastki chekkasidan 25 millimetr masofada taqdirlash  sanasini va Qashqadaryo viloyati hokimligi Faxriy yorlig‘ining tartib raqamini qayd etish uchun ikkita chiziqlar tortilgan.

Foto galereya