Viloyat hokimligi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar quyidagi talablar asosida saralanadi:

- 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;
- Loyihalar asosida maket va/yoki prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

Tanlovga arizalar tomonlar o‘rtasida kelishilgan holda, mos ravishda taqdim qilinishi shart va quyidagi hujjatlarning asl nusxalari PDF shaklda inno.kashkadarya@gmail.com  pochtasiga yuborilishi lozim:

- Loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
- Loyiha pasporti;
- Xarajatlar smetasi;
- Loyiha taqdimoti planshet (1 slayd) shaklida loyiha mazmuni to‘liq yoritilganligi.

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek, loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Shuningdek, dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi! Quyidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:

- Loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;
- Loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
- Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘ni binolarni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-qurilish ishlariga, shuningdek, avtotransport vositalarini xarid qilishga sarflansa.

Arizalar 2023-yil 20-apreldan 2023-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Loyihalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:

+99897-310-12-23;
+99897-279-99-02.

Foto galereya