Tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyat!
29-05-2023 | 391
IT sohasida faoliyat yuritayotgan yoki endi faoliyatini boshlash istagida bo'lgan tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyat.
Qarshi shahar Uztelecom binosining 4-qavati, 1 000 metr kvadratga yaqin joy viloyat hokimligi tomonidan zamonaviy ta’mirlanib, to'liq infrastruktura bilan jumladan, yuqori tezlikdagi internet, uzluksiz elektr energiyasi va zamonaviy mebel jihozlari bilan ta’minlanmoqda.
Bu yerda
- 1 ta menejer xonasi;
- 3 ta o’quv xona;
- 1 ta autsorsing xonasi;
- 10 ta lotlar mavjud.
Lotlar salohiyatli IT yo'nalishida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga tanlov asosida, imtiyozli shartlarda beriladi.
Ushbu 10 ta lotlar, 2 xil o'lchamda bo'lib, 36 va 54 kvadrat metrdan iborat. Dastlabki 6 oy uchun hech qanday ijara to'lovi olinmaydi, 6 oydan keyin esa eng minimal miqdor qilib belgilanadi.
- 36 metr kvadratlik lot 864 ming so'm,
- 54 metr kvadratlik lot 1 mln. 296 ming so'm qilib belgilanadi.
Tadbirkorlar uchun bu yerning afzalligi faqatgina arzon ijara narxlaridan iborat bo'lib qolmay, balki ular orasida o'zaro "networking" ni shakllantirish orqali, buyurtmalarni bajarish, mijozlar oqimini nazorat qilish, o’zaro yordam almashinuvi, mijozlar uchun xizmatlarni kompleks ko'rsatish, malakali IT mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek tadbirkorlar bu yerda o'z brendlari va mahsulotlarini tekin reklama qilishlari, konferensiyalar o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Xalqaro eksportga ishlaydigan va eng ko’p ishchi o’rni yaratadigan tadbirkorlarga ustunlik beriladi.
Batafsil ma'lumot
https://telegra.ph/Tadbirkorlar-uchun-imkoniyat-05-02
Soat: 9:00 dan 18:00 gacha
Murojaat uchun: 99-026-11-99
Istalgan vaqtda 24/7
Murojaat uchun: @IT_Park_Karshi