Siz tadbirkorlik faoliyatingizda muammo, byukratik to‘siqlarga duch kelyapsizmi yoki Sizda tadbirkorlik sohasida innovasion g‘oya bormi? 
 
Unda viloyat hokimligi hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash viloyat Shtabi”ga murojaat qiling.
 
Har bir murojaat viloyat Shtabi tomonidan sohalar kesimida tahlil qilinadi, viloyat hokimi va sektor rahbarlari tomonidan muntazam ravishda oflayn va onlayn tarzda Qarshi shahridagi korxonalarni sog‘lomlashtirish klinikasida har haftada o‘tkaziladigan qabullarda Sizning ishtirokingizda muhokama qilib boriladi.
 
Haftani dushanba - juma kunlari soat 09.00 dan - 18.00 gacha viloyat SHTABining (75) 221-15-07, (75) 221-08-01, (75) 221-10-10  telefon raqamlari yoki telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali (manzil - @qvh_murojaat_bot) bevosita murojaatingizni qoldirishingiz mumkin.
 
Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar!!!
Viloyat hokimi va sektor rahbarlari doimo Sizga ko‘makdosh va yelkadosh ekanligini unutmang!
Foto galereya