Viloyat hokimligi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar quyidagi talablar asosida saralanadi:
 
•  1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;
 
•  Loyihalar asosida maket va/yoki prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.
 
Tanlovga arizalar tomonlar o‘rtasida kelishilgan holda, mos ravishda taqdim qilinishi shart va quyidagi hujjatlarning asl nusxalari PDF shaklda inno.kashkadarya@gmail.com pochtasiga yuborilishi lozim:
 
•  Loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
•  Loyiha pasporti;
•  Xarajatlar smetasi;
•  Loyiha taqdimoti planshet (1 slayd) shaklida loyiha mazmuni to‘liq yoritilganligi.
 
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek, loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.
 
Shuningdek, dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!
 
Quyidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:
 
•  Loyiha mazmunan innovatsion hususiyatga ega emasligi;
•  Loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
• Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘ni binolarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-qurilish ishlariga, shuningdek, avtotransport vositalarini xarid qilishga sarflansa.
 
Arizalar 2022-yil 9-fevraldan 2022-yil 23-fevralgacha qabul qilinadi.
 
Loyihalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha viloyat Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:
 
+99897-310-12-23, 
+99897-279-99-02.
Foto galereya