Davlat rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, aholining o‘z hududidagi mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha "Ochiq Budjet" portali orqali tashabbusli budjet jarayonlarida olis tuman (shahar)larning chekka qishloqlarida yashovchi fuqarolarning ham fikr va takliflarini inobatga olinishi hamda ularning faol ishtiroki ko‘plab ijtimoiy masalalarga yechim bo‘lmoqda.
 
Jumladan, viloyatimizda ham "Ochiq Budjet" portali orqali tashabbuskorlar tomonidan 2404 ta muammoli takliflar ilgari surildi va viloyat aholisining fikrlari inobatga olingan holda 99 ta tashabbus g‘olib deb topildi.
 
Bunda, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va g‘olib deb topilgan tadbirlarni moliyalashtirishga, ya’ni "Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi"ga 32 859,2 mln.so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lsa shundan 9617,0 mln.so‘m (sinov tariqasida Qarshi tumaniga qo‘shimcha ravishda "Ochiq Budjet" uchun 6992,0 mln.so‘m, Prezident qaroriga asosan portal orqali kelib tushgan takliflar soni 100 dan ortiq bo‘lgan tuman (shahar)larga qo‘shimcha 2500,0 mln.so‘m va Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasida 1 mlrd.so‘mdan kam mablag‘ shakllangan tumanga qo‘shimcha 125,0 mln.so‘m) respublika mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lib, qolgan qismi mahalliy budjet mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi.
 
Birgina, mazkur jarayonlarda Gʻuzor tumanida joylashgan O‘zbekiston va Mustaqillik ko‘chalarini joriy ta’mirlash va ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha tashabbuskor Xushvaqt Xannayev, Shahnoza Eshquvvatova va Shohijahon Soqiyevlarning takliflari 6264 ta ovoz olgan holda 1030,0 mln.so‘mlik ishlar bajarildi.
 
Shuningdek, Mirishkorlik tashabbuskor Ulug‘bek Toshevning "Chamanzor" ichki yo‘llarini ta’miri uchun qilgan taklifi 7242 ta ovoz olgan holda katta ustunlikka ega bo‘ldi va hozirgi kunda amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
09-10-2021 |
Foto galereya