Viloyat hokimligi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan press-tur va matbuot anjumanida bir guruh jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida masʼullar Prezidentimizning "Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida” gi va “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida amalga oshirilayotgan imtiyoz va subsidiyalar, yo‘nalishsiz taksilar uchun qulayliklar, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maʼlumotlar berishdi.

Shuningdek, OAV vakillari fuqarolarimizni xorijga ishga jo‘natayotgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati hamda Qarshi shahrida ochilgan “Monomarkaz” faoliyati bilan ham tanishishdi.

08.11.2022

14-03-2023 |
Foto galereya