Prezidentimizning “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Chiroqchi tumanida “Tarag‘ay bahori” festivali va uning doirasida press-tur o‘tkazildi.

Qadim va navqiron Tarag‘ay qishlog‘i tog‘ yonbag‘irlarida o‘tkazilgan festivalda ochiq osmon ostida Chiroqchining ko‘hna tarixidan sado berguvchi muzey, milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi, milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan xalq o‘yinlari, milliy taomlar namoyishi hamda sanʼatkorlar Hosila Rahimova va Sardor Toirovlar ishtirokidagi gala-konsert namoyish etildi.

Maʼlumot uchun, bunday festivalning tashkil etilishi va kelajakda har yili bahor oylarida o‘tkazilib, anʼanaviy tus olishi Tarag‘ayning temuriylar davriga oid tarixini ilmiy asosda o‘rganish, mavjud yodgorliklarni saqlab qolish, hududda rekreatsion, gastronomik va landshaft turizmi, qolaversa, speleo-turizmni rivojlantirish, bu yerga keladigan mahalliy va xorijiy turistlar sonini ko‘paytirish va qishloq ahli daromadlarini oshirish uchun qulay zamin hozirlaydi.

19-05-2023 |
Foto galereya