O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida qashqadaryoliklar ham bor.
Qarshi shahrida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov mukofotlarni Prezidentimiz nomlaridan o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topshirgan edilar.
Ma’lumot o‘rnida, mustaqilligimizning 33 tantanalari munosabati bilan tuman va shaharlarimizda ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda.
30-08-2024 |
Yangiliklar
Foto galereya