Viloyatimiz iste'molchilarining elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolarini bartaraf etish va ta'minot barqarorligini oshirish maqsadida davlat dasturlari doirasida 1349,3 km elektr tarmog'ini va 365 dona transformator punktini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Mazkur ishlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, hozirgacha 209 dona transformator hududlarga yetkazib berildi. Shundan 182 dona transformator qurilmasi oʻrnatilib, 363,9 km elektr uzatish tarmog'ida yangidan qurish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Prezidentning PQ-408-son qaroriga asosan, belgilangan mahallalarda 48 ta obyektda jami 11,4 km elektr uzatish tarmog'i va 21 dona transformator punktini yangidan qurish, rekonstruksiya-modernizatsiyalash hamda taʼmirlash belgilangan.

Filial tomonidan ushbu mahallalardagi aholi xonadonlarini elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida o'rganish ishlari olib borilib, 148 ta obyektda jami 291,8 km elektr uzatish tarmog'i va 94 dona transformator punktini yangidan qurish, rekonstruksiya-modernizatsiyalash bo'yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi. Ayni paytda 85 dona transformator punkti joylarga yetkazilib, oʻrnatildi hamda 271,2 km elektr uzatish tarmogʻida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

 

19-09-2023 |
Foto galereya