Yoshlarning ilm olishi, ularni kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy muammolarini tizimli hal etish bugunning dolzarb masalalaridan biridir. Sababi, "Yangi O'zbekiston"ning buyuk kelajagi yoshlar qo'lida bo'lib, bularning hammasi yurtboshimizning shaxsan doimiy e'tiboridadir.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahridan o'ziga biriktirilgan 26 nafar probatsiya nazorati, profilaktika hisobida turuvchi va yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolgan yoshlar bilan viloyat sektor rahbarlari ishtirokida samimiy muloqot qildi. Ularning muammo va takliflarini o'rgandi.

Suhbat davomida yoshlar tomonidan bildirilgan masalalar alohida nazoratga olinib, qisqa fursatlarda hal etilishi va ular ishtirokida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez o'tkazilib turishini viloyat rahbari ta'kidladi. Shuningdek, ularga turli badiiy adabiyotlar to'plamidan iborat kitoblar va sovg'alar taqdim etildi.

06-04-2023 |
Foto galereya