Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov barcha masʼullar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy-tahliliy muhokama qildi.

Jumladan, aholi, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha tashkilotlarini kuz-qish mavsumida ko‘mir mahsuloti bilan uzluksiz taʼminlash, ijtimoiy soha obyektlarini isitish tizimlarini ko‘mirga moslashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Qarshi tumani va Ko‘kdala tumani hokimlarining hisobotlari tinglandi.

Viloyat hokimi agrar sohada va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga birma-bir to‘xtalib o‘tdi. Xususan, pilla yetishtirishda qoloqliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan Shahrisabz shahri, Dehqonobod, Yakkabog‘, Chiroqchi, Kitob, G‘uzor, Qarshi va Shahrisabz tumanlari hokimlari hamda masʼul o‘rinbosarlari tanqid qilinib, ularga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq muddatlar berildi.

Prezidentimizning IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha bergan topshiriklarini viloyatdagi ijrosiga ham to‘xtalib, ushbu sohada vohamizda sezilarli ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, bugungi kunda kutilgan natijalarni bermayapti. Jumladan, mahalliy xizmatlar hajmi 1-chorakda 223 mln. so‘mga va 100 ming dollar IT xizmatlar eksporti amalga oshirilgan, xolos.

Bundan tashqari, joriy yil may oyi uchun belgilangan eksport prognozlarini bajarilishi muhokama qilinib, Shahrisabz shahri, G‘uzor, Kasbi, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlari hokimlari ogohlantirildi.

22-05-2023 |
Foto galereya