Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan "Mahallabay ishlash" tizimining joriy etilishi aholi farovonligini yuksaltirish, bandligini taʼminlash hamda daromadini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bu borada joriy yilda qilinayotgan ishlarni samarasini viloyatimiz bo‘yicha sarhisob qiladigan bo‘lsak, 90006 nafar fuqarolarning daromadli mehnat bilan bandligi taʼminlandi. Hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 6778 nafar fuqaroga 156,2 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar va 1126 nafardan ortiq ishsizlarga 3170,3 mlrd.so‘m subsidiyalar ajratildi.

Shuningdek, 2160 nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlik kurslarida o‘qishni tamomladi. Shundan, 648 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilgan bo‘lsa, 108 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Viloyatda 2143 ta yuridik va 1878 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tdi va 6086 nafar fuqarolar uchun doimiy ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yilning 1-choragi davomida jami 467 ta mikroloyihalar ishga tushirildi. Shundan, xizmatlar yo‘nalishida 353 ta, sanoat yo‘nalishida 50 ta hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 64 ta mikroloyiha tashkil etildi. Mikroloyihalarning jami qiymati 67 mlrd. 137 mln.so‘mni tashkil etdi. Ushbu mikroloyihalarda jami 963 nafar fuqarolarning rasman bandligi taʼminlandi.

Viloyat bo‘yicha 8583 gektar yer maydonlari 13 ming 911 ta lotlarga bo‘linib, “E-AUKSION” savdosiga chiqarildi. Viloyatda dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun savdoga chiqarilgan 8 ming 583 gektar yer maydonlaridan 5 ming 479 gektar yer maydonlariga g‘oliblar aniqlandi.

Shahrisabz shahar va Mirishkor tumanlarida mikromarkazlar ishga tushirildi.

Yuqoridagi ko‘rsatgichlar inobatga olinib, “Mahallabay ishlash” tizimi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati eng namunali ko‘rsatgichni qayd etdi. Hokim yordamchilari faoliyatining 2023-yil 1-chorak natijalariga ko‘ra, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) 5 ta yo‘nalishlar va 5 ta tashabbuskorlik hislatlari bo‘yicha onlayn tarzda baholandi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati 87.89 ball bilan Respublika bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Viloyat miqyosida, Koson, G‘uzor va Kitob tumanlarida eng yaxshi natijalar qayd etildi.

19-04-2023 |
Foto galereya