Viloyatda bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi tomonidan Shahrisabzdagi “Beruniy” oromgohida joriy mavsumda bolalarni oromgohlarda qabul qilish va mavsumning ochilishiga bag‘ishlab ishlarni tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilarga masʼul tashkilotlarning mutaxassislari malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish va ularning sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini nazorat qilib borish va jamoat tartibini saqlash kabi bir qancha masalalar yuzasidan tushuntirish berdi.

Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlari va Shahrisabz shahridagi so‘lim 16 ta statsionar bolalar oromgohlarda 21440 nafar bolajonlarni dam olishi rejalashtirilgan bo‘lib, viloyatda mavsum 6-iyundan boshlanadi.

03-06-2023 |
Foto galereya