Prezidentimizning 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qaroriga ko‘ra, joriy yilning 6-fevralidan boshlab "Open budget" portali orqali "Tashabbusli byudjet" jarayoni 1-mavsumiga start berilgan edi. Har doimgidek, mavsumdan-mavsumga aholining bu jarayonlarda faolligi ortib, mahallalarning qamrov darajasi ham ortib bormoqda. Sababi, davlat rahbari ham byudjet mablag‘larini fuqarolarimizning o‘z takliflari asosida maqsadli yo‘naltirilishini qo‘llab-quvvatlaganidadir.

Joriy yilning birinchi mavsumida qashqadaryoliklarning o‘rni beqiyos bo‘ldi. Buni birgina Yakkabog‘ tumanida ko‘rish mumkin. Tumandagi "Darxon" MFY, “Butasoy” qishlog‘ining ichki yo‘llarini taʼmirlash bo‘yicha ilgari surilgan taklifi 25 728 ta ovoz to‘plab, respublika bo‘yicha birinchi natijani qayd etdi.

Shuningdek, mavsum boshida portal orqali 6 166 ta takliflar bildirilgan bo‘lsa, shundan 4 178 tasi ovoz berishga maʼqullanib, 7 aprel holatiga ko‘ra 133 ta tashabbuslar g‘olib deb topildi. O‘z navbatida esa mazkur g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish uchun 143 mlrd. 894 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Shu yerda yana bir statistikani maʼlum qilamiz. Takliflarga berilgan ovozlar sonining eng yuqoriligi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati respublikada 2-o‘rinni egallab, 2 067 742 ta ovoz berildi. Bu esa 2022-yilning 2-mavsumidagiga nisbatan sal kam 2,4 barobar ko‘p deganidir, yaʼni oradagi farq 1 196 633 tani tashkil etmoqda.

Yana shuni alohida aytish lozimki, ovoz berish jarayonida aholi qamrovi (o‘z hududi aholisiga nisbatan) Yakkabog‘da 110, Chiroqchida 86, Kasbida 78, Koson tumanida esa 74 foizni va Ko‘kdala tumanida 72 foizni tashkil etib, viloyatda yetakchilar qatoridan joy oldi.

 

Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi maʼlumotlariga asosan

11-04-2023 |
Foto galereya