Bugun viloyatimizning barcha hududlarida joylashgan maktablarda ilmga chanqoq o‘quvchilar uchun birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Xususan, viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahridagi 7-maktabda tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, hamon yurtimiz bo‘ylab kezib yurgan Mustaqilligimizning 33-yilligi shodiyonalari hamda vohamizda ta’lim olayotgan barcha o‘quvchilarni va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
Shuningdek, viloyat hokimi va faxriylar, soha fidoyilari maktab ostonasiga ilk qadamni qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezidentimiz sovg‘alarini topshirish marosimida ham ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan maktablar moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, so‘nggi 7-yilda vohamizning o‘zida 500 dan ortiq yangidan maktab qurildi, rekonstruksiya qilindi. Ularda 130 mingga yaqin o‘quvchi o‘rni yaratildi.