Viloyat hokimligining faollar zalida Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog‘ tumanlari va Shahrisabz shahridagi mahalla fuqarolari yig‘inlari raislarining hokim bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
 
Ochiq va samimiy o‘tkazilgan muloqotda  “mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni” - deya e’tirof etilgan so‘zga loyiq bo‘lishi, o‘z hududidagi mavjud muammolarni hokimliklar oldiga qo‘ya olishi, aholi muammolariga yechim topishi, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijalari, bunga aholining munosabati, ularning kayfiyati, avvalo, mahallada aks etishi, mahallada sezilishi lozimligi borasida fikr almashildi.
 
Shuningdek, oqsoqollarning muammo va takliflari ham tinglanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
28-07-2022 |
Foto galereya