15 - may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan Kasbi tumanida "Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida 48 nafar ibratli oila 3 ta shart asosida o‘zaro bellashib, shundan 16 nafari mazkur viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Ko‘rik-tanlovning bu bosqichida Shaxrisabz shahrida istiqomat qiluvchi oila g‘olib deb topilib, respublika bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi. G‘oliblar viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan pul mukofoti, diplom, tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

15-05-2023 |
Foto galereya