Joriy yilning 25-mart kunidan etiboran O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida og'ir atletika bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari o'tkazilmoqda. Unda yurtimizning barcha hududlari singari qashqadaryolik sportchilar ham munosib ishtirok etmoqda. 

Xususan, musobaqaning 6-kungi bahslari yanada qizg'in tusga kirib, unda viloyatimiz sharafini himoya qilgan yoshlar o'rtasida ikki bor jahon chempioni, bir marta  kattalar o'rtasida jahon chempioni Tursunoy Jabborova (+87 kg) hamda o'smirlar o'rtasida jahon chempioni Qurbonmurod Namozov (102 kg) ishtirok etdi. Unda sportchilarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Ayollar (+87 kg)
1-o'rin Jabborova Tursunoy (Qashqadaryo, 110+130kg ) - 240 kg,

Yoshlar (102kg)
1-o'rin Nomozov Qurbonmurod (O'zDJTSU, 155+190kg) - 345 kg,

Erkaklar (102kg)
2-o'rin Nomozov Qurbonmurod (O'zDJTSU, 155+190kg) - 345 kg

Shu tariqa qashqadaryolik yuqorida qayd etilgan atletlarimiz o'z yosh hamda vazn toifalarida tengsiz va kuchli ekanligini yana bir bor isbotlab qo'yishdi.

31-03-2023 |
Foto galereya