Kuni kecha Nishon tumanida China Gezhouba Group Investment Company" Co. LTD (Xitoy) korxonasi tomonidan 903 gektar maydonda 2023-2024-yillarda  qiymati 400,0 million dolllar bo‘lgan 500 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi qurishga start berildi.

Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyani yagona energetika tizimiga o‘lash uchun 3 dona uzunligi 36 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish uchun “O‘zbekiston MET” AJning o‘z mablag‘laridan moliyalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Birinchi bosqichda 2023-yil dekabr oyigacha 200 MVt quvvati ishga tushirilishi rejalashtirilgan va buning natijasida tarmoqqa 42 mln. kVt/soat elektr energiya yetkazib beriladi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, tuman hokimi Muxtor Hayitmurodov va kompaniya masʼullari ishtirok etdi.

20-05-2023 |
Foto galereya