Qarshi shahridagi Qavali kichik sanoat zonasida viloyatda birinchi sendvich panellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, korxonaning tantanali ochilish marosimida sektor rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Umumiy qiymati qariyb 9 mlrd.ni tashkil etgan loyiha 14 500 kv.m sendvich panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega hisoblanib, korxonada 30 ta yangi ish o‘rni ham yaratilgan va kelgusida ishlab chiqarishning hajmi ortishi evaziga ish o‘rinlari soni 85 taga yetishi reja qilingan.

Ochilish marosimda so‘z olgan viloyat hokimi Murotjon Azimov ushbu mahsulotlar hozirgacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridan olib kelinishi ko‘p vaqtni olishi yoki narxni yuqorilab ketishiga sabab bo‘lganini ta’kidlab, bu kabi ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish, Prezidentimiz tomonlaridan berilgan bank imtiyozlaridan foydalangan holda xalqaro loyihalarni ham viloyatimizda ko‘paytirish ham byudjetga, ham aholini ish bilan ta’minlashga zamin yaratishini aytib o‘tdi.

16-05-2022 |
Foto galereya