Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov o‘zi tahsil olgan Kitob tumani Jayraxona qishlog‘idagi 49-sonli maktabga borib, Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

- Prezidentimiz o‘z tabriklarida siz aziz bitiruvchilarga yuzlanib, "Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: tinimsiz o‘qib, izlanib, zamonaviy bilimlarni egallashdan aslo to‘xtamang! Doimo vaqtning qadriga yetib, muntazam bilim va tajribangizni oshirib borsangiz, qatʼiy belgilab olgan reja va maqsadlaringiz sari dadil harakat qilsangiz, albatta kelgusida katta muvaffaqiyatlarga erishasiz", deya taʼkidladilar, - dedi viloyat hokimi. - Bugun taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor kelajakda o‘z mevasini berib, yanada buyuk, yanada rivojlangan davlatga aylanishimizga ishonaman.

Yakunda o‘quvchilik davrlaridagi ustozlari bilan uchrashib, bolalik xotiralar, qiziqarli voqealar yodga olindi. Maktab maʼmuriyati va faxriy o‘qituvchilarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

25-05-2023 |
Foto galereya