Qamashi tumanida bo‘lgan viloyat hokimi Murotjon Azimov klasterlarning ishga tushishi kutilayotgan yangi loyihalari bilan tanishdi. 
 
Tumanda paxta-to‘qimachilik klasterlari aholi bandligini ta’minlash va ularni daromadli qilish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.  Xususan, “Qamashi tekstil” MCHJ joriy yilning 3-choragida ip-kalava ishlab chiqarish korxonasini ishga tushiradi. Natijada 600 nafar aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Ushbu korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlar eksportga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
 
 
 
Shuningdek, viloyat hokimi “Oqsaroy tekstil” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 200 milliard so‘mlik ip-kalava va sun’iy paxta tola ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Korxona ishga tushishi bilan 400 nafar aholi bandligi ta’minlanadi. Ushbu korxona 2022-yilning 4-choragida ishga tushishi kutilmoqda.
03-08-2022 |
Foto galereya