Davlat rahbari boshlab bergan "Yashil makon" umummilliy loyihasi munosabati bilan bugun viloyatning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘chat ekish tadbirlari hamda xasharlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Qarshi tumani "Chaman" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Yangi O‘zbekiston" bog‘ini qurish ishlari boshlab yuborilganidan xabaringiz bor.
 
 
 
Ko‘chat ekish ishlari davomida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan Qarshi shahrining "Sharshara" chorrahasida "Jurnalist va blogerlar bog‘i" uchun joy ajratilib, ilk manzarali ko‘chatlar ekildi. Bahor oylari mevali daraxt ko‘chatlari ekish uchun ham joy tayyorlandi. Shu kuni loyiha doirasida Qarshi shahri va tumanida 8000 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
 
16-11-2021 |
Foto galereya