Qarshi shahrida barcha sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy yangi mehmonxona – “Oqsaroy” foydalanishga topshirildi. Mehmonxonaning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, shahar hokimi Normo‘min Xolboyev, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirkor Otabek Mo‘minov tomonidan o‘z mablag‘i evaziga qurilgan mehmonxona 70 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibida shinam konferensiya zali, restoran, sauna va basseyn ham mavjud.

Mehmonxonada 20 ta ish o‘rni yaratilib, asosan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, Qarshi shahridagi Monomarkazda mehmonxona xizmati yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qib chiqqan xotin-qizlar va yoshlar ish bilan ta’minlandi.

17-05-2022 |
Foto galereya