“Shaharsozlik normalari va qoidalari”dagi qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish (SHNQ 3.01.04-19) qoidalarining 4.3-bandida “Idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, byudjet mablag‘lari hisobidan (shu jumladan hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan) qurilgan turar joy binolari, yotoqxonalar, maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari binolari, shuningdek turar joy fuqarolik maqsadlari uchun mo‘ljallangan barcha obyektlar (4.1 va 4.2-bandlarda ko‘rsatilgan obyektlardan tashqari) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari   tayinlagan Davlat qabul hayʼatlari tomonidan foydalanishga qabul qilinadi” deb,  hamda  4.6-bandida “Turar joy-fuqarolik maqsadlari uchun mo‘ljallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda Davlat qabul hayʼatlari tarkibiga: xokimlik, buyurtmachi (qurilish egasi), foydalaniladigan tashkilot, bosh pudratchi xokimiyat, bosh loyihachi, tuman (shahar) qurilish bo‘limi, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi, sanitariya-epidimiologiya osoyishtaligi markazi, davlat yong‘in nazorati organi, buyurtmachi (qurilish egasi) kasaba uyushmasi yoki tegishli kasaba uyushma kengashining vakillari kiritiladi” deb belgilangan.

Qashqadaryo viloyati hokimining 2022-yil 29-iyuldagi 49-4-0-F/22-sonli Farmoyishida yuqoridagi qoidalar asosida yangidan qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va kapital taʼmirlanayotgan umumtaʼlim maktablari, ijod maktabi, musiqa maktabi, maktabgacha taʼlim muassasasi hamda sog‘liqni saqlash inshootlarni foydalanishga topshirish bo‘yicha viloyat qabul komissiyasi tarkibi shakllantirilgan.

Yuqoridagi farmonning 2-ilovasida komissiya tarkibida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi kiritilganligini  maʼlum qilamiz.

06-03-2023 |
Foto galereya