Bu yil ham viloyatimiz fermerlari tomonidan ulkan g‘alla xirmonini yetishtirish maqsad qilingan bo‘lib, mas’ullar va mirishkorlarning o‘zaro hamkorligida vaqtida olib borilgan sayi-harakatlar tufayli quvonarli natijalarga erishilmoqda.

Xususan, viloyatda birinchilardan bo‘lib, Qarshi va Koson tumanlari davlatga don topshirish shartnomalarini ortig‘i bilan bajarishgan bo‘lsa bugun esa ularning safi yanada kengaymoqda.

Jumladan, o‘zlarining mashaqqatli mehnatlari evaziga Yakkabog‘, Qamashi va Kitob tumanlari ham bu marrani zabt etishdi.

Bu borada, yakkabog‘lik fermerlar 21105 tonna (116,05 %), qamashiliklar 26980 tonna (107,19%) va kitoblik g‘allakorlar esa 3922 tonna (100,68%) davlatga don topshirib, xalqimiz farovonligi yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Shuningdek, qolgan hududlarda ham g‘alla o‘rim-terim ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

30-06-2022 |
Foto galereya