Qarshidagi Ma’naviyat maskanida bo‘lgan tadbirda, mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba yoshlar ishtirok etishdi.
 
 
 
Unda ilm-fan, san’at, madaniyat va axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura hamda qator yo‘nalishlar bo‘yicha 45 nafar iqtidorli yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
 
 
 
Tanlovda 3 yo‘nalish: tasviriy va amaliy san’at (tasviriy san’at, amaliy san’at); adabiyot va publisistika (nazm, nasr va publisistik materiallar); milliy maqom va milliy estrada bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
26-11-2021 | Ijtimoiy | 118
Foto galereya