Viloyatimiz markazida joylashgan Qarshi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida joriy yilning 21-23-iyun kunlari yoshlar oyligi doirasida "5 tashabbus olimpiadasi"ning voleybol sport turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan respublika bosqichi musobaqasi yakunlanib, g‘olib jamoalar nomi aniqlandi. Uch kun davom etgan qizg‘in bahslar yakuniy natijalariga ko‘ra,
 
16-21 yosh toifasida:
1-o‘rinni Kitob tumani "Denov" MFY,
2-o‘rinni Uchtepa tumani "Shirin" MFY,
3-o‘rinni Bo‘ston tumani "Bog‘iyeram" MFY jamoalari qo‘lga kiritishdi.
 
22-26 yosh toifasida:
1-o‘rinni Paxtachi tumani "Amirobod" MFY, 
2-o‘rinni Zafarobod tumani "Nurafshon" MFY, 
3-o‘rinni Qo‘shtepa tumani "Do‘rmon" MFY jamoalari qo‘lga kiritishdi.
 
Gʻolib va sovrindorlarni tantanalai taqdirlash marosimi o‘ziga xos bayram tarzida o‘tkazilib, unga ko‘ra, g‘olib-sovrindor jamoalarga tashkilotchilar tomonidan mos ravishda 100, 70 va 50 million so‘mlik pul mukofotlari sertifikatlari topshirildi.
24-06-2022 |
Foto galereya