Viloyat hokimi Qarshi shahri “Mahallot” MFYda yashovchi Mariyam opa Majidova xonadonida bo‘lib, iftorlikda ishtirok etdi.

75 yoshni qarshi olayotgan Mariyam opa 31 yoshida beva qolib, farzandlarini yolg‘iz o‘zi voyaga yetkazdi. Bugun farzandlar va nevaralar turli sohalarda mehnat qilmoqda.

Fayzli xonadonga iftorlikka tashrif buyurgan ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik, xalqimizga obodlik va xonadonlarga fayz-baraka so‘rab duolar qilishdi.

04-04-2023 |
Foto galereya