2022-yil 15-may kuni bo‘lib o‘tgan saylovda 53-Qutchi saylov okrugidan nomzod Azimov Murotjon Berdialiyevich Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga deputat etib saylandi.

Bu haqida Qashqadaryo viloyat saylov komissiyasining joriy yil 16-may kuni qabul qilingan "Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi qarorida ma’lum qilindi.

Azimov Murotjon Berdialiyevich 1976-yil Kitob tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zosi. Ayni paytda Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

16-05-2022 |
Foto galereya