Videokonferensiya tarzida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni hududiy komissiyasi raisi, viloyat hokimi M.Azimov boshqarib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining a’zosi T.Madumarov, Respublika mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi rahbari M.Ubaydullayev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratildi. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur asosida bajarilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Xatlov davomida aniqlangan ishsiz xotin-qizlarning 15 465 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. 18 936 nafari kasb-hunar va tadbirkorlik bo‘yicha o‘qitildi. 2039 nafariga 7,1 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratildi 2 160 nafari kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida band qilindi. 9 968 nafar xotin-qizlarga 163,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
Shuningdek, viloyat hokimining qarori bilan dehqonchilik qilish orqali daromad topish istagini bildirgan 8 538 nafar xotin-qizlarga 4,5 ming gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari ajratildi. 3 711 nafar xotin-qizlar xorijiy tillarga o‘qitilmoqda.
Joriy yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshiriladigan ishlar, galdagi vazifalar belgilab olindi.