Xabaringiz bor, bu ma’muriy birlikni tashkil etish g‘oyasi Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan edi. Oliy Majlis Senatining shu yil 17-martdagi qaroriga muvofiq, aholiga qulayliklar yaratish hamda urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish maqsadida Chiroqchi tumanining bir qismida Ko‘kdala tumani tashkil etildi.

Tuman hududi 171 ming gektar bo‘lib, 32 ta mahalladan iborat. Loyihaga ko‘ra, Yettitom shaharchasida tuman hokimligi va mahalliy idoralar uchun binolar, “Yangi O‘zbekiston” massivi, bog‘cha va maktablar, poliklinika, istirohat bog‘i, xalqaro ahamiyatdagi yo‘l bo‘yida xizmat ko‘rsatish va savdo majmualari barpo etiladi. 159 kilometr yo‘l ta’mirlanib, 50 kilometr ichimlik suvi, 80 kilometr elektr tarmoqlari quriladi.

Prezidentimiz tumanga tashriflari davomida yangi binolarni energiya tejamkor qilib qurish, uylar tepasiga quyosh energiyasi panellari o‘rnatish zarurligini ta’kidlagan edilar.

02-07-2022 |
Foto galereya