Joriy yil Prezidentimizning "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishonini taʼsis etish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, turli sohalar rivoji uchun munosib hissa qo‘shayotgan faollar, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanishi belgilandi.

Qashqadaryo viloyatida ham 2000 nafardan ziyod qator soha vakillari va nuroniylar "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan estalik nishonlarini tantanali topshirish marosimida ishtirok etgan Murotjon Azimov bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonlaridan olib borilayotgan odilona siyosatga to‘xtalar ekan, Yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat bo‘lgan Bosh qomusimizni bugungi davr talablariga mos holda, eng muhimi, fuqarolarimiz xohish-irodasi va fikri hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi bo‘lgan "Inson - jamiyat - davlat" tamoyili asosida haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylantirish ishlari izchil amalga oshirilayotganini alohida taʼkidlab o‘tdi.

07-12-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея