Yurtimizda hududlarni obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida joriy yilning 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qarori qabul qilinib, unga muvofiq Qashqadaryo viloyatida keng ko‘lamli amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, kuni kecha erta tongdan G‘uzor va Qamashi tumanlarida ichki yo‘llarga qum-shag‘al yotqizish, elektr va gaz xizmatlari, ko‘chat ekish hamda aholi salomatligidan xabar olish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshlangan ishlar kun yarmida Ko‘kdala tumanida ham “Obod qishloq” dasturi asosida davom ettirildi.

Ushbu jarayonlarni boshlanishida Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev, viloyat sektor rahbarlari va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Inson qadrini ulug‘lash maqsadida boshlangan ishlar oldidan jonliq so‘yilib, Qurʼon tilovat qilindi.

Bu kabi ishlar boshqa tuman (shahar)larda ham olib boriladi.

10-11-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея