Mirishkor tumanining asosiy drayverlaridan biri bo‘lgan to‘qimachilik sanoatida bir qancha yutuqlarga erishildi. Xususan, yaqin-yaqingacha tumanda yetishtiriladigan paxta xom-ashyosi o‘zimizda faqatgina tolaga aylantirilar va asosan eksportga yo‘naltirilar edi.

Bugun tumanning “Mirishkor” MFY hudidagi 2,5 gektar yer maydonida “Mirishkor textile group cluster” MCHJ tomonidan “Samo” brendi ostida tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobidan umumiy qiymati 24 mlrd. so‘m bo‘lgan matodan trikotaj ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Bu orqali hozirda 300 nafar xotin-qizlar ishli bo‘lgan bo‘lsa, korxona yana kengaytirilib, ish o‘rni soni 700 taga yetadi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, Davlatimiz rahbari tomonlaridan to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qator islohotlar olib borilayotgani va eng asosiysi bizda mahsulot ishlab chiqarish uchun paxta xom-ashyosi yetarli ekani va uni qayta ishlash uchun barcha sharoitlar mavjudligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

05-12-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея