Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 181,8 mln. so‘mlik 10553 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ko‘kalamzorlashtirish maqsadida yetkazib berildi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimligining tashabbusi bilan tumandagi “Suyenli” MFY hududidagi 5 gektar yer maydoni yulg‘un va yantoqlardan tozalanib, “Qashqadaryo bog‘i” tashkil etildi. Ushbu xayrli ishlarga viloyat hokimi maslahatchisi Dolli Allayev tun-u kun xizmat olib bormoqda. Bog‘ni tashkil etish uchun jami 3 ming 200 tup barcha turdagi mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ko‘chat o‘tqazish va obodonlashtirish ishlari davom etadi.

Maʼlumot uchun, Orolbo‘yi hududini birgalikda rivojlantirish uchun viloyat hokimi Murotjon Azimov qaroriga muvofiq Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan "Madaniyat va istirohat bog‘i"ni rekonstruksiya qilinmoqda.

02-12-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея