Viloyatda joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi va tizimli asosda olib borilgan ishlar natijasida Qashqadaryo viloyati paxtakorlari yil bo‘yi qilingan barakali mehnat evaziga davlat xirmoniga 435 ming 186 tonna hosil topshirdi. Shartnomaviy reja 100.04 foizga ortig‘i bilan bajarildi.

Tumanlar kesimida tahlil qilsak, Kasbi tumani eng yuqori ko‘rsatkichni (105 %) qayd etdi. Keyingi o‘rinlarda Chiroqchi (104.4), Ko‘kdala (104), Qarshi (103), Mirishkor (102.5), Muborak (102.4) Qamashi (101.1), Koson (100.9) va Shahrisabz (100.3) tumanlari bormoqda.

Shuningdek, bir qator hududlarda terim davom etmoqda.

14-11-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея