Bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab 8 mingga yaqin mijozga 6 ming turdagi dori-darmon vositalarini yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan “Meros Pharm” MCHJ 100 dan ortiq xorijiy va 300 dan ortiq mahalliy hamkorlar bilan ish yuritib keladi. 

Hozirga qadar mazkur masʼuliyati cheklangan jamiyat O‘zbekistonning 5 ta hududida filiallariga ega bo‘lib, bugun Qarshi shahridagi “Qavali kichik sanoat zonasi”da “Meros Pharm”ning oltinchi – Qarshi filiali ulgurji omborxonasi ish boshladi.

Mazkur loyihaning tantanali ochilishida viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat sektor rahbarlari, shahar hokimi Normo‘min Xolboyev, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

“Meros Pharm” MCHJning Qarshi filiali ulgurji omborxonasi Qashqadaryo, Surhondaryo va Buxoro viloyatlari uchun logistik markaz bo‘lib, mazkur loyiha uchun 8 mlrd so‘mdan ortiq investitsiya kiritildi. Ushbu loyiha ishga tushishi bilan bugungi kunda 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi va kelgusida bu ko‘rsatgichni 100 taga yetkazish rejalashtirilgan bo'lib, bu yerda xodimlarning mehnat qilishlari uchun barcha qulaylilar, xususan oshxona, yotoqxona va yuvinish xonalari ham bunyod etilgan.

03-11-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея