Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-iyuldagi 639-son Qarori bilan tasdiqlangan dasturga asosan, 2022-yilda Chiroqchi tumanining “Xumo” va “Olmazor”, Yakkabog‘ tumanining “Esat” va “Qo‘shchinor”, Qamashi tumani “Oqguzar”, Dexqonobod tumani “O‘zbekiston” hamda Shahrisabz tumanining “Oqdaryo” MFYlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda, qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini va yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqilishi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bosh loyiha instituti "Qishloq qurilish loyiha" MCHJ tomonidan bosh reja loyihalari ishlab chiqildi. Shu boisdan, mazkur loyihalar jamoatchilik muhokamasi eʼtiboriga taqdim etilmoqda.

Qashqadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi maʼlumotlariga asosan

15-11-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея