Viloyat rahbari Murotjon Azimov boshchiligidagi masʼullar Chiroqchi tumanida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turizm imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llari va "Dolzarb 40 kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab, rahbarlar va nuroniy otaxonlar tumandagi asrlar davomida qad ko‘tarib turgan tarixiy yodgorliklar hisoblangan "Langar ota majmuasi" hamda "Abul Hasan Ishqiy masjidi" qadamjolarini ziyorat qilishdi. Ziyorat davomida jonliq so‘yilib, Qurʼon tilovat qilindi va so‘yilgan jonliq go‘shtlari kam taʼminlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatildi.

Shundan so‘ng, hududda turizm salohiyatini rivojlantirish xususida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha viloyat rahbari tomonidan sayyohlar oqimini jalb etishda, avvalo ichki yo‘llarni taʼmirlash va uy mehmonxonalarini tashkil etish xususida tuman rahbarlariga tavsiyalar berdi.

Shuningdek, Hayitkul hududidagi tog‘ yon-bag‘irlarida 36 gektar lalmi maydonlarda pista bog‘ini yaratgan "Muxtarov Boborahim Badalboyevich" fermer xo‘jaligi dalasida "Lalmi yerlarda bog‘zorlar tashkil etish" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Chiroqchi tumani hokimi Nodir Erkayev seminar davomida tumanning lalmi yerlarda intensiv texnologiyalar asosida bog‘ yaratish afzalliklari va berilayotgan imkoniyatlar haqida hamda tumanda olib borilayotgan amaliy ishlar haqida viloyat rahbari va seminar ishtirokchilariga batafsil maʼlumotlar berdi.

07-11-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея