O'z biznesingizni turizm sohasi bilan kengaytirmoqchimisiz?
Bizda sizlar uchun ajoyib yangilik!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi Qashqadaryo viloyatining tog'li rekeraksion hududlarida zamonaviy xizmat ko'rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora tadbirlari tog'risidagi qaroriga asosan Shahrisabz tumani Miraki hududida umumiy maydoni 240 gektar "Miraki" turistik markazi tashkil etilmoqda.

Bu yerda tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Germaniyalik mutaxasislar tomonidan master reja ishlab chiqilmoqda.

Markazda yozgi tunab qolish uchun dam olish maskani, turistik majmua, aqua park, dor yo'li, venodekustasiyasi, uy mehmonxona, konsert zali, hunarmandlar markazi, istirohat bog'i, eko-qishloq, sport maydonchalari, ekstranal sport maktabi, mehmondo'stlik kolleji, agro va qishloq xo'jaligi, Turizm maydonlari shuningdek mehmonxona va sanatoriyalar, axborot markazi tashkil etiladi.

Bugungi kunda yer maydonlar e-auksion.uz savdo platformalari orqali tadbirkorlik subyektlari uchun savdoga chiqarib kelinmoqda. Turizm sohasida o'z biznesini rivojlantirmoqchi bo'lgan tadbirkorlar platforma orqali sotib olishingiz mumkin. Yerlar 10 yil muddatda bo'lib to'lash imkoniyati bilan beriladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
(98) 772 74 47
(91) 217 74 47

Foto galereya