Tumanda bog‘dorchilikni rivojlantirish maqsadida ilmiy yondashgan holda "Qovchin" mahallasi hududidagi 12 gektar maydonga bodomzor tashkil etish ishlari boshlab yuborildi.

Ayni kunda bahorgi daraxt ekish mavsumi doirasida bodom ko‘chatlari ekilib, ularni parvarishlash va suv tejovchi texnologiyalari yordamida tomchilatib sug‘orish uchun ishlar olib borilmoqda.

"Turkiya davlatidan har biri 3,5 dollar bo‘lgan "Marinada" navli 5500 tup bodom ko‘chatlari olib kelindi. Umumiy qiymati 100 ming dollar bo‘lgan loyiha ishga tushishi bilan 10 ta doimiy va 50 nafar mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi". - deydi "EKO STROY CITY SERVIS" MCHJ rahbari Shahzod Razzoqov.

05-04-2024 |
Foto galereya