Viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o'tkazilgan "hokimlik soati"da 2024-yil mart oyi uchun belgilangan budjet prognoz ko‘rsatkichlarini, “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarni joriy etish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar, bahor mavsumida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda mahalliy hokimliklar va davlat boshqaruv organlarining viloyat boshqarma va idoralarida ijro intizomiga rioya qilish holatlari yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yil 28-fevral kuni “2024-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishga tushirish bo‘yicha asosiy vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarda yoqilg‘i-energiya resurslarini tejash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yetarli darajada emasligi qayd etildi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 2024-yil 15-mart –15 aprel kunlari viloyatda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Oylik davomida asosiy e’tibor, bahor mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, xususan, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalarining oldini olish, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq epidemiologik-epizootik vaziyatni yaxshilash hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.

Ushbu oylik davomida o‘tkazilishi belgilangan tadbirlarni samaradorligini ta’minlash lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilinib, kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

26-03-2024 |
Foto galereya