Bugun o‘tkazilgan hokimlik soatida Murotjon Azimov barcha mas’ullar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy-tahliliy muhokama qildi.

Jumladan, muammoli kreditlarni undirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi bajarilmayotgani sababli yangi loyihalarga bank mablag‘larini ajratishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda.

Viloyatda joriy yil 1-may holatida muammoli kreditlar qoldig‘i 935 mlrd. so‘mni tashkil etib, qarzdorlikni undirish bo‘yicha oylik rejani filiallar kesimida olganda, Mikrokreditbank Qarshi filialida 0,1 foizga, Mikrokreditbank Qamashi va Nishon filiallarida 0,4 foizga, Mikrokreditbank Beshkent filialida 2 foizga, Agrobank Beshkent filialida 3,4 foizga, Xalq banki Yakkabog‘ filialida 4,4 foizga, Xalq banki Nishon filialida 4,7 foizga, Agrobank Qarshi filialida 7,3 foizga bajarilganligini eng yomon holat sifatida qayd etildi. Yuqoridagi bank filiallarining rahbarlariga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish ta’kidlandi.

Shuningdek, viloyat hokimi sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ishga tushirishni jadallashtirish va ularni infratuzilma bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash hamda eksport prognozi masalalariga ham to‘xtalib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

29-05-2023 |
Foto galereya