Muhtaram Prezidentimizning yoshlarni har tomonlama kamol topishiga berayotgan alohida eʼtiborlari natijasida, so‘nggi yillarda yurtimizda yoshlar orasida sportni ommalashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qarshi shahrida Milliy gvardiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tasarrufidagi sport turlariga qiziquvchi yoshlar uchun, zamonaviy va barcha sharoitlarga ega bo‘lgan sport majmuasining ochilishi ham shular jumlasidandir.

Unda sportning “Qo‘l jangi”, “Kamondan otish” va “Kurash”ning bir nechta turlari bo‘yicha alohida sport zallari mavjud bo‘lib, zarur sport anjomlari bilan jihozlandi. Majmua aholi gavjum hududda joylashgani hisobga olinib, workout maydonchasi ham qurib berildi.

Eng quvonarlisi, hududdagi mahalla yoshlari ham sport majmuasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Tantanali ochilish marosimida Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Djurayev va viloyat hokimi Murotjon Azimovlar ham ishtirok etdi.

24-03-2024 |
Foto galereya