Muhtaram Prezidentimiz tomonidan tizimga berilgan eʼtibor va yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida viloyatda xususiy tibbiyot muassasalari soni 702 taga yetdi (2017-yilga nisbatan qariyib 3,5 baravar o‘sish).

Foydalanishga topshirilgan “Javohir Medikal” klinikasi 200 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan tashkil etilgan bo‘lib, 250 o‘ringa mo‘ljallangan. Unda 250 dan ortiq fuqarolar ish bilan taʼminlandi.

Yevropaning eng so‘nggi rusumdagi MRT, MSKT, rentgen, laboratoriya apparatlari bilan jihozlangan. Klinikadagi MRT apparati, nafaqat viloyat, balki, Respublikadagi tibbiyot muassasalarida ham sanoqli. Bu yerda 20 dan ortiq yuqori texnologik operatsiyalarni qilish imkoniyati mavjud.

Tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov tadbirkor va uning ota-onasiga o‘z tashakkurlarini bildirdi. Mehmonlar klinika qabulxonasi, zamonaviy tekshiruv apparatlari va davolanish yotoqxonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

15-04-2024 |
Foto galereya