Viloyatimizda 29-30-mart kunlari Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi (fizika, kimyo, biologiya) Qarshi shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan o‘quvchilar ishtirokida olimpiadaga start berildi. Olimpiada jarayonini ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Anvar Qobilov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i Ubaydulla Oripov hamda soha mas’ullari ishtirok etib, olimpiada ishtirokchilarini omad, zafarlar tiladi.

29-03-2024 |
Foto galereya